Samarqandda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha oʻtkazilayotgan “Zarbdor oyligi” tadbiri davomida “Jartepa” chegara bojxona posti hamda viloyat Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand shahri hududida noqonuniy tartibda dori vositalarini va biologik faol qoʻshimchalarning oldi-sottisi bilan shugʻullanuvchi fuqarolarni aniqlash maqsadida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbir davomida Samarqand shahri, Spetamen shox koʻchasidagi avtoturargohda fuqaro A.B. “Dream TONUS” hamda “ARTEBIO” nomli jami 100 qutida dori vositalarini sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan toʻxtatib qolindi.
Shuninigdek, fuqaro A.B. oʻz ixtiyori bilan avtomobilining bagajidan jami 78 quti dori vositalarini topshirdi. Natijada mazkur holatda jami 18 225 000 soʻmlik dori vositalari daliliy ashyo sifatida olib qoʻyildi.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi
Axborot xizmati