Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan shu yilning 3-avgust kuni Respublika maxsus komissiyasi tomonidan uy sharoitida koronavirus infeksiyasini davolash uchun tavsiya etilgan «Azitromitsin», “Askorbin kislotasi”, «Gidroksixloroxin», “Paratsetamol” dorilarining dorixonalarda sotuvda mavjudligi, ularning narxi yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida monitoring oʻtkazildi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tuman(shahar)larda faoliyat koʻrsatayotgan dorixonalar tanlanma usulda oʻrganilganda ularda Sogʻliqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan tavsiya etilgan «Gidroksixloroxin» mavjud emasligi, “Askorbin kislotasi” 1000-1500 soʻmgacha, “Paratsetamol” 500-1500 soʻmgacha, «Azitromitsin» 6 mingdan soʻmdan 34000 ming soʻmgacha sotilayotganligi maʼlum boʻldi.
Andijon viloyatidagi dorixonalarda «Gidroksixloroxin» mavjud emasligi, “Askorbin kislotasi” 500-3500 ming soʻmgacha, “Paratsetamol” 450-1200 soʻmgacha, «Azitromitsin» narxi 4500 mingdan 38 ming soʻmgacha sotilayotgani aniqlandi.
Buxoro viloyati hududidagi dorixonalarda «Gidroksixloroxin» mavjud emas, “Askorbin kislotasi” 4500-38000 soʻmgacha, “Paratsetamol” 500-1500 soʻmgacha, «Azitromitsin» dorilari 300 soʻmdan 4000 soʻmgacha sotuvda.
Jizzax viloyati hududidagi dorixonalarda ham «Gidroksixloroxin» mavjud emas, “Askorbin kislotasi” 1200-2000 soʻmgacha, “Paratsetamol” 500-1500, «Azitromitsin» 5000-15000 soʻmgacha sotuvda mavjud.
Qashqadaryo viloyati hududidagi dorixonalarda olib borilgan oʻrganishlar natijasiga koʻra, «Gidroksixloroxin» mavjud emas, “Askorbin kislotasi” 500-5000 soʻmgacha, “Paratsetamol” 500-1500 soʻmgacha, «Azitromitsin» 5000-15000 soʻmgacha sotilayotgani aniqlandi.
Navoiy viloyati dorixonalarida «Gidroksixloroxin» mavjud emas, “Askorbin kislotasi” 700-5000 soʻmgacha, “Paratsetamol” 500-1100 soʻmgacha «Azitromitsin» 5000-15000 soʻmgacha sotilmoqda.
Sirdaryo viloyati dorixonalarida «Gidroksixloroxin» mavjud emas, “Askorbin kislotasi” 1000-3000 soʻmgacha, “Paratsetamol” 500-1500 soʻmgacha, «Azitromitsin» esa 5000-43000 soʻmgacha sotilyapti.
Fargʻona viloyati dorixonalarida «Gidroksixloroxin» dori vositasi mavjud emas, “Askorbin kislotasi” 500-4000 soʻmgacha, “Paratsetamol” 500-1200 soʻmgacha, «Azitromitsin» 5000 soʻmdan 15000 soʻmgacha turibdi.
Xorazm viloyatida esa «Gidroksixloroxin» mavjud emas, “Askorbin kislotasi” 500-3000 soʻmgacha, “Paratsetamol” 500-1500 soʻmgacha, «Azitromitsin» 4000-20000 soʻmgacha narxlanyapti.
Toshkent viloyatida «Gidroksixloroxin» mavjud emas, “Askorbin kislotasi”1000-4000 soʻmgacha, “Paratsetamol” 1000 soʻm, «Azitromitsin» 8000-17000 soʻmgacha sotilyapti.
Toshkent shahrida «Gidroksixloroxin» mavjud emas, “Askorbin kislotasi” 500-3000 soʻmgacha, “Paratsetamol” 1000-1500 soʻmgacha, «Azitromitsin» 6500-44000 soʻmgacha sotilayotgani aniqlandi.
Namangan viloyatidagi dorixonalarda «Gidroksixloroxin» mavjud emas, “Askorbin kislotasi”500-4000 soʻmgacha, “Paratsetamol” 600-1000 soʻmgacha, «Azitromitsin» 4000- 12000 soʻmgacha, «Plakvenil» 234 000 soʻmdan sotilayotgani kuzatildi. Uning zaxirasi ham 40 dona qutidan iborat.
COVID-19 infeksiyasini uy sharoitida davolash uchun zaruriy dori vositalar narx-navosi federatsiya tomonidan jamoatchilik nazorati tartibida doimiy oʻrganib boriladi hamda bu borada keng jamoatchilik xabardor qilinadi.