Xususan, joriy yilning 17-avgust kuni hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Toshkent shahrida yashovchi fuqaro A.S. Ohangaron tumani hududida Xitoyda ishlab chiqarilgan dori vositalarini (200 dona) hamda 28 ta virus blokatorini 4 300 AQSH dollariga sotayotgan vaqtda qoʻlga olingan.

 

Shuningdek, yana bir fuqaro Sh.M. Hindistonda ishlab chiqarilgan 470 dona immunitet hosil qiluvchi dori vositalarini qonunga hilof ravishda 39 mln 900 ming soʻmga pullayotgan vaqtda ushlandi.

Ayni paytda Departamentning tuman boʻlimi tomonidan mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.