Dorixona mudiri tadbirkorning 191,3 million soʻmini oʻzlashtirdi

    Dori vositalari sotuvidan tushgan 191,3 mln soʻm naqd pullarni oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Z.E. “G.F.” MCHJga qarashli dorixona mudiri vazifasida ishlab kelib, oʻzining moddiy javobgarligida boʻlgan dori vositalari sotuvidan tushgan 191,3 mln soʻm naqd pullarni oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.