Ushbu holat dorixona tomonidan taqdim etilgan fiksal va tovar cheklarida oʻz tasdigʻini topdi, deya xabar berdi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi.

Agentlik dorixonaga nisbatan belgilangan tartibda taʼsir chorasi qoʻllanilayotganligini dorixonalar va jamoatchilik eʼtiboriga yetkazib, ushbu dori vositasi muomalasiga chek qoʻyish maqsadida barchani ogohlikka chaqiradi.

Qalbakilashtirilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash va (yoki) realizatsiya qilish litsenziyaning bekor qilinishiga olib keladigan litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzilishi hisoblanadi hamda ushbu qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.