Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Qutbidin Burxonov mavzu yuzasidan soʻzga chiqib, yurtimizda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan muhim ishlar haqida maʼlumot berdi.
Jumladan, Oʻzbekiston xalqaro terrorizmga qarshi faol kurashayotgan davlatlardan biri ekanligi, bu borada respublika BMTning global antiterror strategiyasini qabul qilinishini qoʻllab-quvvatlagani, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish borasida 14 ta xalqaro konvensiya hamda bayonotlar ratifikatsiya qilgani taʼkidlandi.
Bundan tashqari, 2021−2026-yillarga moʻljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Milliy strategiyasi tasdiqlangani hamda strategiya asosida “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilganligi, yana boshqa muhim chora-tadbirlar haqida soʻz yuritildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.