Muloqot chogʻida maxsus iqtisodiy zonalar va transport-logistika infratuzilmasi obyektlarini boshqarishni takomillashtirish doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Jumladan, “Navoiy” EIZ va “Navoiy” xalqaro aeroporti yuk terminalini rivojlantirish boʻyicha kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan ishlar muhokama etildi. Xorijiy tomon maxsus iqtisodiy zonaning ishlab chiqarish salohiyati, yuk terminalining texnologik xususiyatlari bilan atroflicha tanishtirildi. Kompaniyaning innovatsion yondashuvlari va ilgʻor tajribasini qoʻllash orqali EIZ faoliyati samaradorligini va terminalning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish imkoniyatlari qayd etildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvga muvofiq DP World kompaniyasi joriy yil sentyabr oyi oxirigacha “Navoiy” EIZni kompleks rivojlantirish strategiyasini taqdim etadi, deb xabar beradi Inevestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xi zmati.
Maʼlumot uchun: DP World 2005-yilda tashkil etilgan. Faoliyatining asosiy yoʻnalishi butun dunyo boʻylab dengiz va quruqlikdagi portlarni boshqarish va rivojlantirish hisoblanadi. Hozirgi kunda DP World 45 mamlakatda 150 dan ortiq kompaniyalarni boshqaradi. 2021-yilda yillik daromadi 10,7 milliard dollarni tashkil qildi.
Shu yil 29-mayda DP World dunyodagi yetakchi konsalting kompaniyalardan biri CBRE ni loyiha maslahatchisi sifatida taklif qildi. CBRE 30 yil oldin tashkil etilgan. Uning dunyoning 100 ta davlatida 500 dan ortiq vakolatxonalari mavjud. Kompaniyada 115 mingdan ortiq xodim ishlaydi.