Ushbu qurilmalar yordamida belgilangan tezlikka, yoʻl chiziqlariga, svetofor ishoralariga amal qilmagan, piyodalar oʻtish joylarida piyodalarga yoʻl bermagan haydovchilar hamda tibbiy niqobdan foydalanmagan, jamoat tartibini buzgan fuqarolar huquqbuzarliklari aniqlananishi taʼkidlab oʻtilgandi.

Fargʻona viloyati IIB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, viloyatda yoʻl harakati qoidabuzarliklarini aniqlash va jamoat tartibini saqlash maqsadida Dron qurilamalari yordamida aniqlangan qoidabuzar haydovchilarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilishi boshlangan.