Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari O‘zbekistonga kirib kelgan avtotransport vositalarining yuk kuzatuv hujjatlari va elektron deklaratsiyalarini o‘rganish jarayonida ayrim holatlardan shubh topgan.

Shundan so‘ng transport vositalari belgilangan tartibda “qizil” yo‘lakka yo‘naltirilib, bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Ko‘rik natijasida hujjatlarda ko‘rsatilmagan tovarlar borligi ma’lum bo‘lgan. Xususan, yuklar orasidan 23 ming dona velosiped shinasi hamda elektromotorollerlar uchun 2200 dona qo‘rg‘oshinli akkumulyator aniqlangan.

Bojxona organlari ma’lumotiga ko‘ra, mazkur tovarlar elektron deklaratsiyalar hamda yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan.

Aniqlangan tovarlar vaqtincha saqlovga olingan. Holat yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.