Ekspozitsiyada “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan yirik transformatsiya jarayonlari, uglevodorod resurslarini chuqur qayta ishlashga yoʻnaltirilgan investitsiya loyihalari hamda istiqboldagi strategik rejalar keng koʻlamda namoyish etiladi.
Tadbir kun tartibidan hamkorlar va moliyaviy tuzilmalar vakillari bilan “B2B” va “B2G” formatidagi sanoat va moliyaviy kooperatsiya hamkorligini yoʻlga qoʻyish boʻyicha uchrashuvlarni oʻtkazish hamda tegishli hujjutlarni imzolash ham oʻrin olgan.
Shu munosabat bilan barcha hamlorlarni “Dubay-EKSPO” xalqaro koʻrgazmasi doirasida Oʻzbekiston milliy pavilyonida boʻlib oʻtadigan “Oʻzbekneftgaz” AJ ekspozitsiyasiga taklif etamiz.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati