Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fors koʻrfazi mamlakatlarida qolib ketgan yurtimiz fuqarolarini Vatanga qaytarishni samarali tashkil etish yuzasidan bergan topshirigʻi ijrosi doirasida Dubay shahrida qolib ketgan sportchilar Oʻzbekistonga olib kelindi.

Ular “Toshkent – Dubay” (HY334) aviareysi orqali yurtimizga yetib keldi.

Sportchilar, ularning murabbiylari hamda ota-onalari koʻrsatilgan amaliy yordam uchun Davlat rahbariga samimiy minnatdorlik bildirdi.