Mamlakatimizning Dubaydagi Bosh konsulxonasi hamyurtimiz, BAAdagi oʻzbek diasporasi faoli Gulnora Meliboyeva bilan birgalikda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga insonparvarlik yordamini joʻnatdi.

Umumiy qiymati 14 ming dollardan ortiq boʻlgan ushbu  insonparvarlik yordami tarkibi 414 dona 3 yoshgacha boʻlgan bolalar kiyimlaridan  iborat.

Begʻaraz  yordam yuklari “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi samolyotida  yurtimizga bepul  yetkazib  beriladi.

Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi davlatimiz rahbarining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda ularning samarali nazorat qilish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Agentlik aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.