Flydubai FZ793 reysi qalin tuman sabab koʻrishning yomonlashuvi tufayli Dushanbe aeroportiga qoʻna olmagan va Samarqand xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga yoʻnaltirilgan.
Bortida 141 yoʻlovchi boʻlgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 03:01da Samarqand aeroportiga qoʻngan. Yoʻlovchilar va ekipaj esa mehmonxonaga joylashtirilgan.
Samolyot yoʻlovchilari bilan 16-fevral kuni Samarqand — Dushanbe yoʻnalishida parvoz qilishi rejalashtirilgan.