Unda milliy dublyajimiz tarixi, sohada oʻchmas iz qoldirgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar, iqtiboslar, dublyajda erishilgan yutuqlar va muhim voqealar aks ettirilgan "Dublyaj sanʼati tarixi" kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Shuningdek, oʻzbek dublyajiga oid muhim eksponatlar hamda fotosuratlar hamda fotosuratlar jamlangan dublyaj sanʼati muzeyi ochilish marosimi oʻtkazildi. 

Tadbirda Mukambar Rahimova, Turgʻun Azizov, Yoqub Ahmedov, Noila Toshkenboyeva, Boir Xolmirzayev, Gulchehra Jamilova, Barno Qodirova, Bekzod Muhammadkarimov kabi oʻzbek dublyaj sanʼati ustalari ishtirok etishdi.