Bu haqda Polsha Prezidenti Anjey Duda mamlakat Milliy xavfsizlik kengashi yig'ilishi ochilishida ma'lum qildi.
Dudaning ta'kidlashicha, Ukrainaning alyansga a'zo bo'lishi NATOning sharqiy qanotini Polshadan uzoqlashtiradi va bu uning xavfsizligini oshiradi.
“Ikkinchidan, biz NATOda yana bir kuchli harbiy hamkorni qo'shib olamiz, u hozirda ulkan harbiy tajribaga ega. Bugungi kunda Ukraina, shubhasiz, eng yangi texnologiyalardan, xususan, uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanayotgan jangovarlik holati bo'yicha eng tajribali armiyalardan biriga ega, dedi davlat rahbari.
U, shuningdek, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga kirishi borasidagi niyatlarini amalga oshirish uchun yangi hukumat bilan birgalikda harakat qilish zarurligini ta'kidladi, deb xabar beradi korrespondent.net.
“Yevropa Ittifoqiga kelsak, men Yevropa Kengashida Ukraina va Moldovaning YIga a'zo bo'lish yo'lidagi keyingi bosqichga o'tish bo'yicha qabul qilingan qarordan xursandman. Bu Ukraina, Ukraina jamiyati uchun Ukraina himoyachilarining ruhiyati uchun, shuningdek, kelajakda Ukrainani qayta tiklash jarayoni uchun nihoyatda muhim lahzadir, umid qilamanki, biz Polsha biznesi manfaati va Ukraina bilan qo'shnichilik munosabatlari yo'lida faol ishtirok etamiz”, deya qo'shimcha qildi u.