Dunyo katta sur'at bilan chuchuk suv zahiralaridan ayrilmoqda – tadqiqot

    Butunjahon banki “Qit'a qurg'ochligi” nomli suv resurslari monitoringi to'g'risidagi ma'ruzasida shunday xulosani bildirdi.

    Bu boradagi oxirgi tadqiqot natijalari sun'iy yo'ldosh orqali sayyoramizdagi quruqlikdagi suv zahiralari o'zgarishlarini yigirma yillik kuzatuvlariga tayanadi. Hisobot ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda yillik chuchuk suv yo'qotilishi 324 milliard kubometrni tashkil qilmoqda. Bu taxminan 280 million kishining yillik ehtiyojini qondira oladi. Bu jarayonning yigirma yillik kuzatishlari qiyoslari asosida bu holat tizimli ko'rinish tus olgan deb aytish mumkin.

    Chuchuk suv kamayib borayotgani turli mintaqalarda va turlicha hamjda ro'y berayotir. Jumladan, dunyo daryolari havzalarida bu jami yo'qotishlarning 3 foizini tashkil etsa, qurg'oqchil mintaqalarda pasayish 10 foizni ko'rsatadi. Bu esa shundoq ham suv zahirasi yetishmayotgan joylarda taqchillikni bir necha barobar oshirib yuborayotir.

    Yo'tilayotgan manbalar tahlili shuni ko'rsatadiki, muzliklar mavjud bo'lmagan mintaqalarda bunday yo'qotishlar asosan yerosti suvlari hissasiga to'g'ri keladi – 68 foiz. Yana 18 % suv yo'qotilishi yer usti resurslariga tegishli. Tuproq namligi kamayib ketishi sabali yiliga 9 %, qor zahiralari qisqariyotgani uchun 5% chuchuk suv kamayib boryapti.

    Yo'ldoshlardan olingan ma'lumotlar ko'rsatishicha, qurg'oqchilik kuchayotgan, isib borayotgan yirik mintaqalarda namlik yo'qolishining mahalliy o'choqlar yagona tizimga birlashmoqda. Bunday zonalar sirasiga Alyaska va Kanada shimoli, Markaziy Osiyo, Xitoyning shimoliy qismi va AQSh janubi-g'arbiy hududi, Rossiya shimoli, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, shuningdek Janubiy va janubi-sharqiy Osiyo kirar ekan.

    Ma'ruzada qayd etilishicha, global isish va tez-tez takrorlanayotgan qurg'oqchilik namlik yo'qotilishini tezlashtirayotgan asosiy omillar hisoblanadi. Ammo, bunday noxush o'zgarishlarning asosiy sabachisi inson faoliyati sanaladi. Katta maydondagi erlar haydalishi, shaharlar hudularini kengaytirish shular jumlasidan. Hisob-kitoblarga ko'ra, irrigatsiya uchun jami chuchuk suv resurslarining 70 foizi ishlatiladi. Shu o'rinda alohida aytib o'tish joizki, bu suv hajmining 50 foizini yerosti suvlari tashkil etadi.

    Global isish va namlik kamayishi hisobiga bu borada xatarlar kuchaymoqda. Tahlilar shuni ko'rsatadiki, Afrika mamlakatlarida namgarchilik taqchilligi kuchayib borayotgani sababli har yili 600-900 ming kishi ishsiz qolmoqda. Bundan tashqari, tabiy yong'in chiqishi 27 foizga, biologik jihatdan “qaynoq nuqatalar”da esa 50 foizgacha ko'paygan. Qishloq xo'jaligi hududlarida qurg'oqchilik davrida bandlik darajasi 7,4 foizgacha pasaymoqda. Dunyo bo'yicha suvga bo'lgan iste'mol esa 2000 – 2019 yillar oralig'ida 25 foizga oshdi.

    Tadqiqotda ta'kidlanishicha, buning iqtisodiy zararlari ortib bormoqda. Mualliflar inqiroz ko'lamiga qaramay bunday sharoitga moslashish uchun imkoniyatlar qidirish dolzarbligi saqlanib qoladi. Qishloq xo'jaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish orqali 137 milliard kubometrgacha suvni tejash, shu orqali 118 million kishining yillik ehtiyojini qondirish mumkin.

    Xulosa yakunida dunyo suv resurslari tizimi yangi bosqichga qadam qo'ygani qayd etiladi. Nafaqat ekstremal qurg'oqchilik yoki suv toshqinlari kuchayishi, shu bilan birga chuchuk suv miqdori jadallik bilan kamayib borayotgani aholi hayoti, ekologiyani muhofaza qilish, iqtisodni rivojlantirish borasida tezkor yechimlarni talab qilmoqda, deb xabar berdi nia.eco.