Soʻnggi 5 yilda dunyoda qoʻshimcha 1 milliard kishi internetga kirish imkoniyati yaratildi. Ammo uning narxlari boʻyicha davlatlar bir-biridan keskin farqlanadi. Jumladan, eng qimmat va eng arzon maʼlumotlarga kirish oʻrtasida 30 000 % farq mavjudligi ham fikrimizni isbotlaydi. Bu haqda Moliya.uz telegram kanali maʼlumot berdi.
Oʻzbekistonda COVID-19 pandemiya vaqtida Internet tezligi yana koʻtarildi
Dunyoda 1GB Internet narxi eng arzon mamlakatlar top beshligi:
Hindiston $0,09
Isroil $0,11
Qirgʻiziston $0,21
Italiya $0,43
Ukraina $0,46
1GB mobil internet eng qimmat davlatlar:
Malavi $27.41
Benin $27.22
Chad $23.33
Yaman $15.98
Botsvana $13.87
Mamlakatlar oʻrtasidagi narxlarning bunchalik katta farq boʻlishiga asosan 4 sabab keltirishimiz mumkin:
Infrastrukturaning mavjudligi (misol uchun Yamanda internet tarmogʻiga ulanish uchun imkoniyat yoʻqligi);
Faqatgina mobil internetga bogʻliqlik (mamlakat ichidagi provayderlar oʻrtasidagi raqobat tufayli narxlari tushadi. Misol Qirgʻiziston Respublikasi);
Maʼlumotlarni kam isteʼmol qilish (Ayrim Afrika mamlakatlarida internetdan 1000 barobar muhim boʻlgan narsalar bor);
Foydalanuvchilarning daromadiga bogʻliq (Daromadi yuqori boʻlgan mamlakat fuqarolari mobil internet uchun yuqori haq toʻlashga qodir, hamda yuqori tezlikdagi internetni xohlashadi).
Oʻzbekistonda 1GB mobil internet narxi oʻrtacha $1,34 boʻlib, eng arzon mamlakatlar qatorida 47 oʻrinda.