ClearBot kompaniyasi sunʼiy intellekt texnologiyasi vositasida okean va dengizlarni chiqindilardan tozalash bilan shugʻullanadi. Razer kompaniyasi bilan hamkorlik mazkur loyihaning yana-da puxta boʻlishini taʼminlaydi.
Bir marta toʻliq quvvatlantirilgan robotning 250 kilogrammgacha plastik chiqindi yigʻishi moʻljallanmoqda. Qurilma quyosh energiyasi vositasida ishlaydi.
Maʼlumot oʻrnida: har yili dunyo okeanlariga 11 million tonna chiqindi tushadi. Bu loyiha esa mazkur muammoga arzon va samarali yechim boʻla oladi.