Martabali mehmonlar Xiva shahridagi Ichan qalʼa majmuasida joylashgan Muhammad Rahimxon, Shergʻozixon, Muhammad Amin Inoq madrasalari, Sayyid Pahlavon Mahmud ziyoratgohi hamda Juma masjidi singari tabarruk maskanlar bilan yaqindan tanishib, mutaxassislardan ular toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot olishdi.
Dunyo ulamolari Oʻzbekiston zamini qadim madaniyat, buyuk sivilizatsiya va ulugʻ mutafakkirlar yurti ekaniga bevosita guvoh boʻldilar.
Majmuada Qurʼoni karim oyatlaridan tilovat qilinib, aziz avliyolarning ruhi poklariga bagʻishlandi. Shu bilan birga, fazilatli ulamolar yurtimiz va butun dunyoda tinchlik va farovonlik hukm surishi, dinimiz rivoji va Islom olami xalqlari tinchlik va ezgulik yoʻlida doimo hamkor boʻlishini soʻrab xayrli duolar qildilar.