Dunyoda 10 may sanasida nimalar sodir bo'lgan

    Voqea-hodisalar 10 May 2020 1538

    Bugun, 10 may kuni  Ozarbayjonda "Gullar bayrami", Germaniyada "Kitoblar kuni", Mikroneziyada "Mustaqillik e'lon qilingan kun", Qirg'izistonda "Bank xodimlari kuni" va Tailandda "Nonvoylar kuni" nishonlanadi. Ushbu sana bilan bog'liq qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishishda davom etamiz 

    10 may:

    1497 yil — Italiyalik sayyoh Amerigo Vespuchchining YAngi dunyoga ikkinchi sayohati boshlangan. Amerika qit'asining nomi shu sayyoh nomidan olingan.

    1534 yil — Frantsiyalik sayyoh Jak Kart`e N`yufaundlend orolini Frantsiyaning mulki deb e'lon qiladi.

    1811 yil — Angliyada ilk qog'oz pullar muomalaga kiritiladi.

    1844 yil — Kanada poytaxti Kingston shahridan Monreal` shahriga ko'chiriladi.

    1869 yil — AQSHda ilk transmaterik temir yo'l ishga tushiriladi.

    1881 yil — Ruminiya qirollik deb e'lon qilinadi.

    1940 yil – Buyuk Britaniya qiroli Georg IV favqulodda holat tufayli CHerchillni bosh vazir etib tayinlaydi.

    1993 yil — Qirg'izistonda milliy valyuta som muomalaga kiritiladi.

    1995 yil — Rubl` rasmiy ravishda Tojikistonda milliy valyuta deb e'lon qilinadi. Ungacha so'm kupon muomalada bo'lgan.

    2005 yil — AQSH prezidenti Jorj Bush Gruziyaga tashrif buyurganida Gruziya fuqarosi Vladimir Arutyunyan AQSH prezidenti va Mixail Saakashvili turgan tribunaga granata uloqtiradi. Har ikki davlat rahbariga zarar etmaydi.

    1864 yil — Dunyodagi ilk kinostudiya Gaumont asoschisi Leon Gomon tug'ilgan (1946 yilda vafot etgan).

    1923 yil – Ozarboyjonning uchinchi prezidenti Haydar (Geydar) Aliev tug'ilgan (2003 yilda vafot etgan). Ozarboyjonning hozirgi prezidenti Ilhom Aliev Haydar Alievning o'g'li hisoblanadi.

    1956 yil — Rossiyalik taniqli boshlovchi Vladislav List`ev tug'ilgan (1995 yilda o'ldirilgan).