10 may: 

1497 yil — Italiyalik sayyoh Amerigo Vespuchchining YAngi dunyoga ikkinchi sayohati boshlangan. Amerika qit'asining nomi shu sayyoh nomidan olingan.

1534 yil — Frantsiyalik sayyoh Jak Kart`e N`yufaundlend orolini Frantsiyaning mulki deb e'lon qiladi.

1811 yil — Angliyada ilk qog'oz pullar muomalaga kiritiladi.

1844 yil — Kanada poytaxti Kingston shahridan Monreal` shahriga ko'chiriladi.

1869 yil — AQSHda ilk transmaterik temir yo'l ishga tushiriladi.

1881 yil — Ruminiya qirollik deb e'lon qilinadi. 

1940 yil – Buyuk Britaniya qiroli Georg IV favqulodda holat tufayli CHerchillni bosh vazir etib tayinlaydi. 

1993 yil — Qirg'izistonda milliy valyuta som muomalaga kiritiladi.

1995 yil — Rubl` rasmiy ravishda Tojikistonda milliy valyuta deb e'lon qilinadi. Ungacha so'm kupon muomalada bo'lgan.

2005 yil — AQSH prezidenti Jorj Bush Gruziyaga tashrif buyurganida Gruziya fuqarosi Vladimir Arutyunyan AQSH prezidenti va Mixail Saakashvili turgan tribunaga granata uloqtiradi. Har ikki davlat rahbariga zarar etmaydi.

1864 yil — Dunyodagi ilk kinostudiya Gaumont asoschisi Leon Gomon tug'ilgan (1946 yilda vafot etgan).

1923 yil – Ozarboyjonning uchinchi prezidenti Haydar (Geydar) Aliev tug'ilgan (2003 yilda vafot etgan). Ozarboyjonning hozirgi prezidenti Ilhom Aliev Haydar Alievning o'g'li hisoblanadi.

1956 yil — Rossiyalik taniqli boshlovchi Vladislav List`ev tug'ilgan (1995 yilda o'ldirilgan).