Ularning ko'pchiligi butunlay qurib bitishidan avval landshaftda, yer yuzasida o'zining egri-bugri izlarini qoldiradi. Biroq ayrim daryolar boshqalaridan ko'p yashaydi. Xo'sh, bugun dunyoda eng qadimgi daryo qaysi biri sanaladi?

Arizon universiteti geomorfologi Viktor Beyker ta'kidlashicha, bu Avstraliyadagi Finke daryosi bo'lib yoshi dinozavrlardan katta bo'lib, taxminan 300 – 400 million yil atrofida ekan. Irmoqlari va kanallari Avstraliyaning shimoliy va janubiy hududi bo'ylab 640 kilometrgacha cho'zilgan. Qit'a markaziga borgach qurg'ochil sharoit tufayli bu daryo ma'lum vaqt qurib qoladi va yilning ko'p davrida xuddi alohida ajralib qolgan suv havzalari zanjirini tashkil etadi. Biroq geologik ma'lumotlar, radionuklidlar tarkibi o'lchovi hamda atrofdagi cho'kindi qatlamlar, tog' jinslarini o'rganish asosida olimlar uning yoshini toshko'mir davriga oid deb baholashgan.

Ushbu daryoning eng qadimiy ekanligiga oid eng ishonchli dalillardan biri sifatida olimlar “ko'ndalang-o'qli drenaj” deb yuritiladigan geologik anomal holatni ko'rsatishdi. Bunda Finka daryosi kvartsit kabi barqaror tog' jinslariga parallel ravishda oqish o'rniga Avstraliya markazidagi Makdonnel tog' tizmasi orqali o'tib ushbu mustahkam mineral jinslarni kesib o'tgan.     

Finke yana qancha vaqt oqib turishini aytish mushkul. Qurg'oqchil mintaqalarda ko'pgina daryolar insonlarning suv iste'moli ortib borishi sabab o'zgarib ketgan, deb xabar berdi vokrugsveta.ru.