Uy hayvonining bo'yi atigi 3,59 dyuym (to'qqiz santimetrdan bir oz oshadi). Uy hayvonining laqabi Perl, egasi esa Orlandoda istiqomat qiluvchi Vaneze Semler. Veterinar itning parametrlarini o'lchadi, shundan so'ng u rekordlar kitobiga kiritildi.
Shunisi e'tiborga loyiqki, ilgari bu natija mazkur it onasining singlisi Mirakl Milli laqabli itga tegishli edi. Uning bo'yi 3,8 dyuym edi, it uch yil oldin vafot etgan, deyiladi mir24.tv saytida.