Ixtirochining bo'yi 198 santimetr. Shu bois o'ziga mos bo'lishi uchun ana shunday velosiped yasashga qaror qildi. Shundan so'ng u nostandart velosipedlar ishlab chiqaradigan DirtySixer kompaniyasiga asos solib, uni boshqardi. Folch ishlab chiqqan so'nggi model esa dunyodagi eng katta elektrovelobaykka aylandi.

Velosipedning g'ildiragi 36-dyuymli (91,4 santimetr). Velosipedga 250 vattli dvigateli o'rnatilgan. Akkumulyatorining sig'imi 500 vatt-soat.

Elektron velosipedda 32 kilometr tezlikkacha harakatlanish mumkim. Batareyasining quvvati 97 kilometrga etadi.

Elektrovelobaykning narxi 8 ming dollar etib belgilangan, deyiladi techcult.ru saytida.