Ixtirochilarning aytishicha, mazkur uskuna innovatsion texnologiya asosida ishlab chiqarilgan. Unda tayyorlanadigan ichimliklar odatiy ichimliklarga o'xshash, faqat u suv, ta'm qo'shuvchi aromatizator, shakar va alkogoldan tayyorlanadi.

Mazkur ixtiro kelgusida barmenlar o'rnini bosishi mumkin. Har bir tayyorlangan ichimlik 29 tsentga sotilishi, bu do'konlarda sotiladigan idishli ichimliklarga qaraganda arzonroq bo'lishi kutilmoqda.

Dastlabki xaridorlar uni 500 dollarga xarid qilishi mumkin. Uning narxi keyinchalik 800 dollarga oshiriladi. 2023 yildan boshlab uni to'liq asosda ishlab chiqarish rejalashtirilgan, deyiladi techcult.ru saytida.