Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent farmatsevtika instituti hamda Ibn Sino jamoat fondi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Germaniya, Isroil, Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Xitoy, Koreya, Malayziya, Rossiya va Turkiya kabi dunyoning qator mamlakatlaridan 300 nafar yetakchi mutaxassislar onlayn hamda oflayn tarzda ishtirok etdi.

Anjuman doirasida yurtimiz va xorij mamlakatlari olimlarining ilmiy maʼruzalari tinglandi.

Tadbirda, shuningdek “Ibn Sino innovatsiyalari”, “Zamonaviy farmatsevtika sohasidagi innovatsiyalar” va “Yosh farmatsevt” nominatsiyalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar tanlovi eʼlon qilinib, gʻoliblar uchun “Abu Ali ibn Sino” mukofoti taʼsis etildi. 

Bir soʻz bilan aytganda, ushbu xalqaro anjuman oʻzaro tajriba almashish uchun muloqot maydoniga aylandi.