Xabaringiz bor, davlat rahbarining joriy yil 20-21-may kunlari Andijon viloyatiga tashrifi chogʻida viloyat aholining turmush sharoitini yaxshilash, uy-joyga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 819 ta oilaga subsidiya ajratish zarurligini taʼkidlagan edi.
Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning aprel-oktyabr oylarida tuman (shahar) Andijon viloyati davlat xizmatlari markazlari hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali fuqarolardan ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish boʻyicha jami 3349 ta murojaat qabul qilingan.
Murojaatlarning 3017 tasi, yaʼni 91,9%i belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan. Shundan 1379 nafar fuqaroning arizasi boʻyicha ijobiy xulosaga kelinib, ularga xabarnomalar berilgan. Qolgan 1638 ta murojaatga esa tuman (shahar) Komissiyalari tomonidan hujjatlari Nizom talablariga muvofiq kelmaganliklari sababli rad qilingan.
267 ta ariza esa koʻrib chiqish jarayonida boʻlib, ularning 66 tasi Komissiya aʼzolari tomonidan xulosa berish, 201 tasi esa Komissiya tarkibidagi yigʻilishda murojaatni koʻrib chiqish jarayonida.
Maʼlum boʻlishicha, DXA viloyat boshqarmasi tomonidan mazkur davlat xizmati boʻyicha Komissiya aʼzolari tomonidan Nizom talablariga rioya qilinishini nazorat qilish davomida jami 263 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan va tegishli tartibda 17 nafar masʼul shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.