Bu bir paytning o‘zida Davlat xizmatlari markazlari fuqarolarning murojaatlariga asosan, aholini ovora qilmay shuncha tashkilotlar bilan elektron fakt xujjatlari almashishadi, degani.  Davlat xizmatlarini shaffof tarzda ko‘rsatish uchun esa integratsiya qilingan davlat idoralari bir mashina murvatlaridek o‘z maromida ishlashi talab etiladi. Aks holda fuqaro sarson bo‘lishi aniq. Biroq...

DXA Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 2 ming 656 ta qonun buzilishi aniqlangan. Bu esa bir chorak davomida har kuni o‘rtacha 30 tadan qonunlar buzilganligidan dalolat.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini buzish bilan bog‘liq eng ko‘p holatlar —1 847 ta holat kommunal tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Sog‘liqni saqlash muassasalari chorak davomida 370 ta muddat buzilishini «qoyillatishgan».

Kadastr organlari esa 280 ta qonundan chetga chiqish bilan sal quyiroqni egallab turishipti, deb xabar beradi DXA Farg‘ona viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.