Eʼlon qilingan ish oʻrinlariga 58 nafar nomzod oʻz hujjatlarini topshirdi. Tanlovning nizom talablariga koʻra, oliy maʼlumotli va yuridik bilimga ega 30 yoshgacha boʻlgan yigit qizlar qatnashdilar. Eng muhimi bu tanlovni onlayn tarzda davxizmat.uz sayti orqali koʻpchilik kuzatdi. OAV vakillaridan tuzilgan jamoatchilik nazorati guruhi tanlovning shaffofligini taʼminlashda, ishga kirishda tanish-bilishchilik va korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslikda qoʻl keldi.

Jamoatchilik nazorati guruhini asosiy tarkibini tashkil etgan OAV vakillari nomzodlar uchun yaratilgan teng huquq va imkoniyatni yuqori baholadi. Ularning taʼkidlashicha, 30 ta savolga 30 daqiqa vaqt nomzodning qancha ball yiqqanini aniqlash imkonini beradi. 71 foiz va undan yuqori ball toʻplagan nomzodlar keyingi bosqichga — suhbatga tayyorgarlik koʻradi.

Mazkur tadbirni jamoatchilik nazorati guruhidan tashqari davxizmat.uz sayti orqali 4 ming nafardan ortiq foydalanuvchi kuzatishi quvonarli holdir.

Tanlovning test jarayonidan 71 foiz ballni toʻplay olmagan 30 nafar nomzod oʻta olmadi. 6 nafar nomzod esa tanlovda qatnasha olmadi. 14 nafar yigit-qiz 
berilgan 30 ta savoldan 22 tasi va undan ortigʻiga javob topib, 6-yanvarda boʻladigan suhbatda ishtirok etadigan boʻldi.

Tanlov natijalarini koʻrish imkoniyatini beruvchi roʻyxat ham ilova etiladi, deb xabar beradi DXA Navoiy viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.

Dilfuza Gulyamova,

Navoiy viloyati.