Mazkur masala boshqarma boshligʻining shaxsiy nazorati ostida batafsil oʻrganildi.
Maʼlum boʻlishicha X.M. bugungacha turmush oʻrtogʻi bilan sharʼiy nikoh asosida yashab kelgan. Shuningdek, u ikki nafar voyaga yetmagan farzandining tugʻilganligini oʻz vaqtida qayd ettirmagan. Oqibatda, ularga otalik ham belgilanmay qolgan.
Boshqarma mutaxassislari tomonidan fuqaroga tegishli huquqiy maslahatlar berildi. Tuman FHDYO boʻlimi yordami bilan uning ikki nafar farzandiga tugʻilganlik haqidagi tibbiy maʼlumotnoma olinib, bolalarning tugʻilganligi qayd qilindi va tegishli guvohnomalar berildi.
Aytish joizki, mutaxassislar tomonidan berilgan huquqiy koʻmak natijasida ayni kunda er-xotin tuman FHDYO boʻlimiga rasmiy nikohdan oʻtish uchun ariza bergan. Bu esa oilaning hukumatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlardan foydalanishi uchun huquqiy asos boʻladi.
DXA Samarqand viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati