Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan joriy yilning 7 oyida 2 097 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan. Xususan, 1 890 ta holatda davlat xizmatlari koʻrsatish muddatlari buzilgan, 2 ta holatda toʻgʻridan-toʻgʻri davlat xizmatlari koʻrsatilgan, 187 holatda murojaatlar asossiz rad etilgan va 18 holatda boshqa qonun buzilishlarga yoʻl qoʻyilgan.

Aniqlangan qonun buzilish holatlari boʻyicha vakolatli idoralarning rahbarlari nomiga 52 ta taqdimnomalar kiritilgan va 12 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻymaslik haqida 165 ta ogohnomalar kiritilib, 107 nafar shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi, deb xabar beradi DXA Sirdaryo viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.