Toshkent viloyati Ohangaron tumanida “Cobalt” rusumli avtomashina toʻxtatilib, tekshirilganda, haydovchi va unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan fuqaro 10 864 dona “Regapen” hamda 1 995 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini Toshkent shahriga olib ketayotgani maʼlum boʻldi.

Ushbu dori vositalarini Sergeli tumanida ikki nafar shaxs qabul qilib olgan vaqtida DXX, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlari tomonidan ushlandi.

Aniqlanishicha, kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari Qirgʻizistondan noqonuniy yoʻllar bilan olib kelingan.

Holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.