DXX narkotik moddalarning noqonuniy savdosiga chek qoʻydi

    Xavfsizlik 4 Fevral 2023 996

    Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida istiqomat qiluvchi shaxs bilan Namangan viloyatining Pop tumani hududiga yashirib ketilgan 1 kg 841 gr “gashish” moddasini qabul qilib olgani aniqlandi.

    Ushbu shaxslar yoʻlovchi avtomashinada Oltiariq tumanida harakatlanayotgan vaqtlarida DXX xodimlari tomonidan ushlandi.

    Boshqa bir holatda esa Margʻilon shahrida yashovchi fuqaro Qirgʻizistondan olib kelingan 964 gr “gashish” moddasini 8 ming dollarga sotayotgan vaqtida qoʻlga olindi.

    Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.