Xususan, 1998-y.t. “Q.T.” 2020-2021-yillar davomida Rossiya Federatsiyasida ishlashi davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi aʼzolari taʼsiriga tushib qolib, ularni qoʻllab-quvvatlagan.

Jumladan, u “Tik-Tok”, “Likee”, “Instagram” ijtimoiy tarmoqlarida shaxsiy profillar ochib, unga xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlarning gʻoyaviy rahnamolari boʻlgan “Abu-Saloh”, “Abdulloh Zufar”, “Abdulloh Buxoriy”, “Sodiq Samarqandiy” va boshqalarning “jihod”, “hijrat” hamda “shahid”likka chorlovchi maʼruzalarini joylashtirib, targʻibot ishlarini olib borgan.

Shuningdek, 2021-yilning dekabr oyida RFdan doimiy yashash manziliga qaytib kelganidan soʻng, hamqishloqlari orasida ham oqim gʻoyalarini faol targʻib qilgan.

Bundan tashqari, “Q.T.” Suriyadagi jangarilar bilan aloqa oʻrnatib, ularning yoʻl-yoʻriqlari hamda koʻrsatmalari asosida Rossiya va Turkiya orqali ularning safiga borib qoʻshilishini rejalashtirgan.

Ekspertiza xulosasiga koʻra, “Q.T.” tomonidan tarqatib kelingan diniy mazmundagi materiallar aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan boʻlib, ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tarqatish va saqlash taqiqlanadi.

Hozirda “Q.T.”ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.