Aniqlanishicha, bezorilik sodir etgan shaxslar va jabr ko‘rgan fuqaro ham aslida “Telegram” messenjerida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal a’zosi bo‘lishgan.
Ya’ni, jabrlangan fuqaro kanal administratori topshirig‘iga ko‘ra, muqaddam belgilangan joyga yashirib ketilgan narkotikni xaridorlarga yetkazib berish o‘rniga uni o‘zboshimchalik bilan o‘zlashtirib olgan.
Hozirga qadar bu kabi egasini aldab, narkotiklarni o‘zlashtirib olgan ko‘plab “zakladchik”lar jazolash bilan shug‘ullanuvchi 17 nafar shaxs tomonidan ayovsiz kaltaklangan va bu jarayon tasvirga olinib, topshiriq bajarilgani hisoboti tariqasida kanalga joylashtirilgan. Kanal administratori har bir topshiriq uchun ularga 300-500 AQSH dollari miqdorida pul bergan.
2022-yilning oktyabr, noyabr hamda 2023 yilning yanvar, fevral oylarida ushbu 20 nafar shaxs qo‘lga olingan.