DXX Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB hamda IJQKD viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Yakkabogʻ tumani hokimligi xodimi mahalliy qurilish firmasi vakilidan noqonuniy tarzda 370 mln. soʻm olgan vaqtida ushlandi.

Aniqlanishicha, mazkur shaxs Yakkabogʻ tumanidagi ikkita maktabgacha taʼlim tashkilotida rejalashtirilgan 5 mlrd. 250 mln. soʻmlik kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha loyihani tenderda yutib berish evaziga ushbu summaning 7 foizini talab qilgan.

Shuningdek, tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu noqonuniy ishga aloqador boʻlgan Yakkabogʻ tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi xodimi ham ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.