DXX tomonidan “Sirdaryo yoʻllardan muntazam foydalanish” unitar korxonasining sobiq mansabdor shaxslari 2018-2021-yillarda avtomobil yoʻllarini taʼmirlash uchun ajratilgan byudjet mablagʻlari, ishchi xodimlarning ish haqlari va ragʻbatlantirish pullari – jami 1 mlrd 6 mln soʻmni talon-toroj qilingani aniqlandi.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi hamda unitar korxonaning sobiq rahbari “X.O.”, sobiq bosh hisobchisi “S.Sh.”, sobiq hisobchisi “X.S.”, sobiq boʻlim boshligʻi “M.Sh.” va yana 10 nafar shaxsga nisbatan ayblov eʼlon qilinib, sud idoralariga yuborildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Sayhunobod tuman sudining hukmiga koʻra, aybdorlarga ozodlikdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari hamda qonunchilikda belgilangan boshqa jazo turlari tayinlandi.
Talon-toroj qilingan byudjet mablagʻlarining 767 mln soʻm qismi undirilib, qolgan 239 mln soʻm pul mablagʻi majburiy tartibda undirish uchun MIBga yuborildi.