Samarqandda oʻtkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati sodir etgani uchun bir necha bor sudlangan shaxs tanishlari orqali fuqaroni DXX idoralariga ishga kiritib qoʻyish evaziga 50 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Namanganda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining harbiy xizmatchisi oʻzganing ishonchiga kirib, ichki ishlar idoralariga ishga kiritib qoʻyish evaziga 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Sirdaryoda yashovchi, sobiq ichki ishlar xodimi, oʻzini goʻyoki Milliy Gvardiyaning viloyat boshqarmasida ishlovchi xodimi sifatida tanishtirib, Milliy Gvardiyaga ishga kiritib qoʻyish evaziga, 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida qoʻlga olindi.
Qashqadaryoda muqaddam Mudofaa vazirligi tizimida ishlab, nafaqaga chiqqan shaxs fuqaroni Milliy Gvardiyaga ishga kirishida yordam berish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.