4 qitʼadagi 63 ta davlatdan jami 525 nafar (312 erkak, 213 ayol) dzyudochi 3 kun davomida 14 ta vazn toifasida musobaqa medallari hamda qimmatli reyting ochkolari uchun bahs olib bordi. Ular orasida Oʻzbekiston terma jamoasining 17 nafar dzyudochisi ham murosasiz kechgan bellashuvlarda gʻoliblik uchun tatamiga chiqdi.
Musobaqa yakunida 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan jamoamiz 63 ta davlat orasida 13-oʻrinni egalladi. Agar sportchilarimiz ana shu medallarning yoniga hech boʻlmaganda bitta oltin qoʻshib qoʻyishganida, Oʻzbekiston terma jamoasi Antaliya “Katta Dubulgʻa”sida umumjamoa hisobida kuchli beshlikdan joy olishi muqarrar edi.
Quyida Antaliya “Katta Dubulgʻa” turnirida sovrindor boʻlgan sportchilarimiz bilan tanishing:
Kumush medal:
-52 kg: Diyora Keldiyorova,
+100 kg: Alisher Yusupov,
Bronza medal:
-60 kg: Dilshodbek Baratov,
-66 kg: Sardor Nurillayev,
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev.
Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati