Qayd etilishicha, Paks Junior European Cup 2025 musobaqasining ikkinchi kungi bellashuvlarida Kamol Murodov va Diyorbek Oʻrazboyev murabbiyligidagi Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi yana 4 ta medalga ega chiqdi.
Ikki kunlik nufuzli musobaqa yakuniga koʻra, dzyudochilarimiz 1 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medali qoʻlga kiritishdi. Medallar jamgʻarish boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi dunyoning 5 qitʼasi 38 ta davlati orasida kuchli beshlikdan joy oldi.








