Ahamiyatlisi, musobaqadagi g'alabasi evaziga terma jamoamiz a'zosi Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasi peshqadamiga aylandi.

Qayd etish joiz, shu paytgacha hech bir dzyudochi qizimiz dunyo reytingida 1-o'ringa ko'tarilmagan edi. SHu tariqa, jahon tasnif jadvalini boshqarib borayotgan hamyurtlarimiz soni ikki nafarga etdi. Garchi, Bokudagi musobaqani o'tkazib yuborgan bo'lsada, Davlat Bobonov ham karvonboshiligini saqlab qoldi.