2005-2007, 2008-2009-yillarda tavallud topgan dzyudochilar ishtirokida oʻtayotgan ushbu musobaqada sakkiz davlatdan isteʼdodli dzyudochilar tatamiga chiqyapti. Xalqaro tunirda yurtimiz sharafini Tohir Fayziyev va Oʻlmas Gulliyev murabbiyligidagi oʻsmirlarimiz himoya qilmoqda.

Musobaqaning birinchi kuni +73 kilogramm vazn toifasidagi dzyudochimiz Ubaydulloh Botirov finalga qadar yetib borib, kumush medal sohibiga aylandi. Bugun va ertaga qolgan vaznlardagi oʻsmir hamda qizlarimiz medallar uchun bahslarga kirishadi.