Mazkur tizim joriy etilgunga qadar yuridik shaxslarning mulk huquqi yoki ijara shartnomalari asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish joyi to'g'risida ma'lumotlar mavjud bo'lmagani tufayli tovarlarning nazoratsiz harakatlanishi va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi sub'yektlarga ayni muddao bo'lgan. Natijada soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirish qiyinlashgan.
Hozir xizmatlar sodda va foydalanish uchun qulay. Tizimga ERI kaliti yordamida kirish mumkin. Kadastr raqami ko'rsatilgach, ko'chmas mulk ob'yekti haqidagi ma'lumotlar avtomatik ravishda yuklanadi.
Bugunga qadar, Toshkent viloyati davlat soliq organlarida 32 ming 705 ta ijara shartnomasi ro'yxatga olingan. Shundan:
Yuridik shaxslar o'rtasida tuzilgan ijara shartnomalari - 19 ming 170 ta;
Yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasida tuzilgan ijara shartnomalari – 2 ming 975 ta;
Jismoniy shaxslar o'rtasida tuzilgan ijara shartnomalari - 4 ming 419 ta;
Jismoniy va yuridik shaxslar o'rtasida tuzilgan shartnomalari - 6 ming 141 ta.
Ayni paytda qolgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan E-ijara dasturi orqali shartnoma tuzish maqsadida Toshkent viloyati davlat soliq organlari xodimlari tomonidan muntazam ravishda targ'ibot ishlari olib borilmoqda.
Toshkent viloyati hokimligi
Axborot xizmati