“E-qaror” tizimida Guliston shahar hokimining birinchi qarori imzolandi

    Raqamlashtirish 21 May 2021 1798

    Adliya vazirligi tomonidan hokimliklarda qarorlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilishni tashkil etishga koʻmaklashish boʻyicha tuzilgan ishchi guruhi tomonidan Guliston shahrida ham oʻquv-seminar tashkil etildi.

    Sohaga aloqador barcha mutaxassislar ishtirokida oʻtkazilgan mazkur seminarda elektron tizimdan foydalanish tartibi, uning afzalliklari haqida keng maʼlumotlar berildi.

    “E-qaror” elektron tizimini Respublikamizning barcha hokimliklarida joriy etish orqali fuqarolarning mahalliy norma ijodkorligi jarayonida faol ishtirokini taʼminlash, bu orqali esa shaffoflik, adolatni qaror toptirish, korrupsiyaga qarshi keskin kurashish mumkin ekanligini alohida eʼtirof etish joiz.

    Seminardan soʻng Guliston shahar hokimi Toʻlqinjon Dadabayev birinchi qarorni elektron imzoladi, deya xabar beradi Adliya vazirligi axborot xizmati.