Kecha koʻhna qitʼada Yevropa Chempionlar Ligasi 6 tur oʻyinlari boshlandi. A guruhida “Liverpul” shu paytgacha magʻlubiyat alamini totmagan “Napoli”ni 2:0 hisobida yengdi. Shunday boʻlsa-da ikki jamoa ham keyingi bosqichga chiqishda.

S guruhida “Bavariya” “Inter”ni 2:0 hisobida magʻlub etib, 100 foizlik natija koʻrsatgan yagona jamoaga aylandi. “Bavariya” va “Inter” 1/8 finalda.

D guruhida “Tottenhem” Fransiyada “Marsel”ni, “Ayntraxt” esa Lissabonda “Sporting”ni 1:2 magʻlub etib, pley offga yoʻl oldi.

Oltinchi turning qolgan oʻyinlarida quyidagi natijalar qayd etildi:

Portu — Atletiko 2:1

Bryugge — Bayer 0:0

Viktoriya — Barselona 2:4

Reynjers — Ayaks 1:3