Kecha koʻhna qitʼada Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi bahslariga start berildi.
Unda kutilmagan natijalar ham qayd etildi. Ye guruhidagi kuchli jamoalardan biri hisoblangan “Chelsi” Zagrebda “Dinamo”ga yutqazib qoʻydi – 1:0.
Guruhdagi ikkinchi bahsda “Milan” Zalsburgda mahalliy “Red Bull”ga qarshi maydonga tushib, durangga erishdi – 1:1. Shunday qilib birinchi tur oʻyinlaridan soʻng guruhda uch ochko toʻplagan “Dinoma” Zagreb peshqadam boʻlib turibdi.
Kechagi turda qolgan oʻyinlar quyidagi natijalar bilan nihoyasiga yetdi:
“Borussiya” D – “Kopenhagen” 3:0
PSJ – “Yuventus” 2:1
“Sevilya” – “Manchester Siti” 0:4
“Seltik” – “Real” Madrid 0:3
“Leypsig” – “Shaxtyor” 1:4
“Benfika” – “Makkabi” Hayfa 2:0