YCHLning oʻtgan yilgi finalchisi “Liverpul” “Napoli”ga yirik hisobida yutqazdi – 4:1. “Bavariya” esa Milanda “Inter” darvozasiga ikkita javobsiz toʻp kiritdi.
“Napoli” – “Liverpul” oʻyini sharhlar ekan, mazbonlar murabbiyi Luchano Spalletti bunday dedi:
— Muhim natijaga erishdik. Inson oʻz gʻalabasini raqibning kuchiga qarab baholaydi. Bizning raqibimiz esa “Liverpul” edi. Nazarimda raqib, kimligidan qatʼi nazar, oʻz oʻyiningni oʻynashing shart. Va doimo shunday oʻynash lozim. Bu jamoaning imkoniyatlarni belgilaydi...
Turning qolgan oʻyinlari quyidagi natijalar bilan yakunlandi:
“Ayaks” – “Reynjers” 4:0
“Ayntraxt” – “Sporting” 0:3
“Barselona” – “Viktoriya” Plzen 5:1
“Atletiko” – “Portu” 2:1
“Bryugge” – “Bayer” 1:0
“Tottenhem” – “Marsel” 2:0