Mazkur maskan jahon standardlariga to'la javob berib, mingga yaqin itni qabul qiladi.

Boshpana direktori Yelena Lsenkoning aytishicha, bu yerda malakali veterinar shifokorlar, kinologlar faoliyat yuritadi. Xususan, har bir it veterinar ko'rigidan o'tkazilib, emlanadi.

“Mehr” boshpanasiga har bir inson kelishi va bu yerdagi xodimlarga itlarni parvarishlash uchun yordamlashishi mumkin, deyiladi Piskent tumani axborot xizmati bergan xabarda.