Bolaligim va yoshlik yillarim o'tgan ona yurtimdagi aka-ukalarim va opa-singillarim bilan hozirgi epidemiologik qiyinchiliklarga sherik bo'lar ekanman, Sardoba suv omborida sodir bo'lgan fojia haqidagi xabarni, shuningdek, uni odamlarimiz munosib va mardona qabul qilganligini qalbimda og'riq bilan his qildim.

Muqaddas Ramazon oyida Ollohning o'zi meni Vatanimga chorladi, zero bu kunlarda biz yordamga muhtoj odamlarga alohida g'amxo'rlik qilishimiz va ko'mak berishimiz kerak. Biz quvonchli damlarda ham, boshga g'am-tashvish tushganda ham, bir-birmizni elkama-elka turib qo'llab-quvvatlaymiz. Men xalqimizning taqdiriga befarq qarab tura olmayman va shu sababli suv toshqinidan jabrlanganlar turmushini tiklash va yaxshilash, talafot oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etishga yordam ko'rsatish uchun 10 million dollar berayapman.

Men xalqimizning duolariga qo'shilib, ularning boshiga tushgan kutilmagan sinovlardan tezroq xalos qilishini Ollohdan so'rab qolaman.

Hurmat bilan,                                                        Alisher USMONOV