Senator tashabbusi bilan mahallaga olib boruvchi yoʻl toʻliq taʼmirlandi. Olis togʻ qishlogʻiga olib boruvchi yoʻlning qariyb 16 km asfalt, 3,8 km esa, beton qoplama yotqizildi.

Maʼlumki soʻnggi yillarda mahallaga jamiyatning asosiy quyi boʻgʻini sifatida qaralib, uning jamiyat boshqaruvidagi oʻrni va rolini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Sariosiyo tumanining janubiy-sharqiy qismida joylashgan “Humoyun” mahalla fuqarolar yigʻini shahar markazidan qariyb 30-35 kilometr uzoqlikda joylashgan. Mazkur mahalla fuqarolar yigʻinida 447 ta oilada 4 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Surxondaryo viloyat hokimi Toʻra Bobolov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati aʼzosi, senator Abdugʻani Sanginov, tuman hokimligi mutasaddi vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan ochiq muloqot mahalla fuqarolar yigʻinidagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftar”iga kiritilgan oilalarga koʻmak berish ularni daftardan chiqarish masalasiga bagʻishlandi.

Hududni shahar markaziga bogʻlovchi yoʻl koʻp yillardan beri taʼmirtalab, aholining shaharga borishi uchun qiyinchilik tugʻdirar edi. Senator tashabbusi bilan mahallaga olib boruvchi yoʻl toʻliq taʼmirlandi. Olis togʻ qishlogʻiga olib boruvchi yoʻlning qariyb 16 km asfalt, 3,8 km esa, beton qoplama yotqizildi.

Bundan tashqari mahallada 4 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironlik aravachasi topshirildi. Kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida qoramol va parranda berildi. “Ayollar daftari” da turgan 9 nafar xotin-qizlar uchun tikuv mashinasi taqdim etildi.